2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 4,1 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 103,3 % ni, sanoat – 101,0 % ni, qurilish – 101,8 % ni, xizmatlar sohasi – 106,9 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 108,3 % ni tashkil etdi.