O’zbekiston Respublikasi 2017- yil 3- yanvar kunida qabul qilingan O’RQ-419- sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan talab vazifalarni fuqarolar tomonidan ijrosini ta’minlash bo‘yicha seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Buxoro shahar 34- sonli “Navro‘z” MFY raisi Z.Sh.Saidova, so‘zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi 2017- yil 3- yanvar kunida qabul kilingan O’RQ-419- sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan talab vazifalarni ijrosini amalga oshirish qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada mahalla faollari ishtirokida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bayon qilib o‘quv mashg‘ulotini ochib berdi.
Buxoro viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti O’.Shodiyev so‘zga chiqib O’zbekiston Respublikasi senat tomonidan 2016- yil 13- dekabrda ma’qullangan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017- yil 3- yanvar kunida qabul qilingan O’RQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunining 34- moddadan iborat ekanligi davlatimiz ravnaqi va fuqarolarimiz faravonligini ta’minlashda ayni zarur vaqtda to‘g‘ri qabul qilingan qonun ekanligi, korrupsiyaning jirkanch illat ekanligini, uning har qanday ko‘rinishdagi holatlariga barham berishda mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari hamda keng jamoatchilikning roli muhim o‘rin tutishi to‘g‘risida to‘xtaldi. Mazkur qonunda belgilangan talab va vazifalarni ijrosini ta’minlashda mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari hamda keng jamoatchilikning roli muhim o‘rin tutishi ular tomondan korrutsiya illati to‘g‘risida aniq bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli davlat idorasiga bildirishlari to‘g‘risida tushintirildi.
MFY faollari tomnidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan onlayn tarzda murojaat qilishlari mumkinligi bildirildi. Xulosa o‘rnida Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha yakuniy fikr va mulohazalar bildirildi.