20/09/2022

O’zbekiston Respublikasi qonunchilik palatasi tomonidan 2021- yil 7- mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2021- yil 26- iyunda ma’qullangan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika” to‘g‘risidagi 707- O’RQ qonuni ustuvorligini ta’minlash, belgilangan talablarni Davlat statistika qo‘mitasi tizimida ijrosini ta’minlash, statistika xodimlarining o‘rganishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida Buxoro viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman va Shahar bo’lim boshliqlari bilan birgalikda seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Yigilishda boshqarma boshlig‘i U. Djumanazarov so‘zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika” to‘g‘risidagi 707- O’RQ qonunida o‘rnatilgan talablarni statistika tizimida tadbiq qilish qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bayon kilib o‘kuv mashg‘ulotini ochib berdi.

So‘ngi qabul qilingan 2021- yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika” to‘g‘risidagi 707- O’RQ qonuni to‘g‘risida ishga qabul qilinayotgan yoki shu sohada yukori lavozimlarda tayinlanayotgan xodimlarga qo‘mita vakillari tomonidan savollar berilganda ayrim xodimlar savollarga to‘liq va aniq javob berolmaganligi qo‘mita rahbariyatining o‘rinli z’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Boshkarmada “Rasmiy tatistika” to‘g‘risidagi qonunni qo‘shimcha o‘quv-seminari o‘tkazib barcha xodimlar e’tiboriga yana bir yetkazishni tayinladi. Shuningdek matbuotda e’lon qilingan qonunlarni doimiy o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha mas’ul xodim Respublikamizda yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida o‘quv-tushintirish mashg‘ulotlari muntazzam olib borishi to‘g‘risida bayon qildi.

Boshqarma Yurist konsulti O’. Shodiyev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika” to‘g‘risidagi 707- O’RQ qonuni 44 moddadan iborat bo‘lib statistika to‘g‘risida qonunchilik asosiy tushunchalarni, rasmiy statiskaning asosiy prinsiplarini, rasmiy statistika sohasini tartibga solishi, statistika sohasining vakolatlari, huquq va majburiyatlarni belgilab berilganligi tushintirib o‘tdi. Shuningdek mazkur qonunda statistika sohasida ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar,  statiskadan foydalanuvchilar vazifa va majburiyalari aniq belgilangan holda tartibga solinganligi, statistik dastur va ma’lumotlarni tuzishda aniq tartib belgilab berilganligi bayon qilindi.

Yig‘ilish yalunida xodimlar tomonidan “Rasmiy statistika” to‘g‘risidagi 707- O’RQ qonuni bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan onlayn tarzda murojaat qilishlari mumkinligi bildirildi. Xulosa o‘rnida Konstitutsiya va qonun ustuvorligini, ta’minlash “Rasmiy statistika” to‘g‘risidagi 707-O’RQ qonuni  talablarini  bajarish bo‘yicha yakuniy fikr va mulohazalar bildirildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech