16/09/2022

2022- yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 11 413 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur‘ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,7 foizni tashkil etdi. Shuningdek joriy yilda ushbu sohada 1 682 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 1 673 tasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Quyidagi hududlarda ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar aks etgan: 

Toshkent shahrida – 726 ta

Samarqand viloyatida – 154 ta

Farg‘ona viloyatida – 115 ta

Toshkent viloyatida – 99 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech