Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yil yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 59,3 mln. juft paypoq ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,1 % ni tashkil etdi.Shuningdek, Respublikada 2022-yil yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan paypoq ishlab chiqarishda eng yuqori ulush (86,5 %) Toshkent viloyatida kuzatilib ishlab chiqarish hajmi 51,3 mln juftni tashkil etdi.