31/08/2022

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Buxoro viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 12 177,1 mlrd. so‘mni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 125,4 % ni tashkil etdi. Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilinganda, joriy davrda o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning katta qismi – 7 155,8 mlrd. so‘m yoki 58,8 % i xorijiy investitsiya va kreditlarni, 3 766,6 mlrd. so‘m, yoki 30,9 % i korxonalar va aholining o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech