19/08/2022

Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 102,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 508 602 dona mobil telefon import qilingan.

 Telefon importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 92  950 donaga oshgan.

 Oʻzbekiston 11 ta davlatdan telefon import qilgan.

 Oʻzbekiston 7 oy mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

 Xitoy – 1,1 mln. dona

 BAA – 149 ming  dona

 Vyetnam – 142 ming dona

 Hindiston – 101 ming dona

 Qozogʻiston – 10,3 ming dona

 Koreya – 2,1 ming dona

 Oylar kesimida telefon importi:

 yanvar – 129 766 dona

 fevral – 284 461 dona

 mart – 286 056 dona

 aprel – 276 362 dona

 may – 124 393 dona

 iyun – 229 872 dona

 iyul – 177 692 dona

Tugmani bosing Tinglash GSpeech