Joriy yilning 17- avgust kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i birinchi o’rinbosari Sh. Yusupov, Shofirkon tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M. Dilmurodov bilan birgalikta tumandagi «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obektlariga borib narx-navolar o‘rganildi
Shuningdek, kuzatuv jarayonida tumandagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha tuman statistika bo‘limi narxlarni ro‘yxatga oluvchi xodimga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.