2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 3,1 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 103,1 % ni, qurilish – 102,8 % ni, xizmatlar sohasi – 107,7 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 103,0 % ni tashkil etdi. Shuningdek, 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining solishtirma narxlarda kamayishi (93,8 %) kuzatildi.