06/06/2022

2022- yilning yanvar-aprel oylarida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 28,0 % ni tashkil etib, 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,5 % punktga ko‘paydi.

Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,2 % punktga kamayib, 52,5 % ni tashkil etdi.

Norasmiy sektorning ulushi esa 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,3 % punktga kamayib, 21,7 % ni tashkil etdi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech