Davlat idoralarining "Ochiqlik indeksi"ni aniqlash va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida tuzilgan ishchi guruh tomonidan respublikadagi barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining faoliyati monitoring qilindi.
Davlat idoralarining 2021- yildagi faoliyati yuzasidan “Ochiqlik indeksi”da Davlat statistika qo‘mitasining koʻrsatkichlari 88,9 ball bilan yuqori darajada baholanib, vazirlik va idoralar ichida uchinchi oʻrinni egalladi.
Monitoringda jami 24 ta vazirlik, 13 ta qoʻmita, 25 ta agentlik, 9 ta markaz va 14 ta mahalliy hokimliklarning 2021- yildagi faoliyati oʻrganilgan.
“Ochiqlik indeksi”ni aniqlashda tashkilot va idoralarning quyidagi asosiy yoʻnalishlardagi faoliyati baholangan:
- Tashkilot rahbarining faoliyati;
- Axborot xizmatining faoliyati;
- Rasmiy veb-sahifaning va ijtimoiy tarmoqlarning faoliyat yuritishi;