13/04/2022

   2021- yilning yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolari safar maqsadini o‘qish uchun deb belgilaganlar soni 6,4 ming kishiga (jami kirib kelganlarning 0,4 % i) teng, tijorat maqsadida kelganlar – 13,7 ming kishi (0,7 %), davolanish uchun – 32,4 ming kishi (1,7 %), xizmat safari uchun – 60,7 ming kishi (3,2 %), bo‘sh vaqt va dam olish uchun – 155,1 ming kishi (8,3 %). Eng ko‘p sayohatlarning maqsadlariga esa qarindoshlarni yo‘qlash deb belgilangan – 1613,1 ming kishi (85,7 %).

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech