2022- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 13 656 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 417 taga ko‘paygan.
Hududlar kesimida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni:
- Toshkent shahri – 8 120 ta
- Toshkent viloyati – 1 482 ta
- Samarqand viloyati – 668 ta
- Surxondaryo viloyati – 580 ta
- Farg‘ona viloyati – 547 ta
- Andijon viloyati – 376 ta
- Buxoro viloyati – 362 ta
- Namangan viloyati – 294 ta
- Navoiy viloyati – 236 ta
- Qashqadaryo viloyati – 231 ta
- Jizzax viloyati – 215 ta
- Sirdaryo viloyati – 187 ta
- Qoraqalpog‘iston R. – 180 ta
- Xorazm viloyati – 178 ta