2022- yil 1- mart holatiga ko‘ra (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 470 712 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan. Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni yillar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
- 2018- yilda – 235 853 ta
- 2019- yilda – 283 023 ta
- 2020- yilda – 347 566 ta
- 2021- yilda – 423 511 ta
- 2022- yilda – 470 712 ta