2022- yilning yanvar oyida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 1 074,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 121,2 % ni tashkil etdi.Taqqoslash uchun: 2021- yil yanvar oyida bu ko‘rsatkich 875,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi. o‘sish 11,5 % darajasida qayd etildi.Ushbu xizmatlarning eng katta hajmi Toshkent shahrida (472,6 mlrd. so‘m) qayd etilgan. Sababi shundaki, mazkur faoliyat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning aksariyati shu hududda ro‘yxatga olingan.
- O‘zbekiston Respublikasi – 121,2 %
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 114,4 %
- Andijon – 117,2 %
- Buxoro – 118,1 %
- Jizzax – 118,0 %
- Qashqadaryo – 118,6 %
- Navoiy – 116,6 %
- Namangan – 107,0 %
- Samarqand – 115,8 %
- Surxondaryo – 121,7 %
- Sirdaryo – 121,2 %
- Toshkent – 124,5 %
- Farg‘ona – 118,8 %
- Xorazm – 118,5 %
- Toshkent shahri – 126,3 %.
Matbuot xizmati