2022- yilning 1- mart holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 474 066 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 470 712 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Toshkent shahri – 96 154 ta
- Toshkent viloyati – 44 837 ta
- Samarqand viloyati – 41 956 ta
- Farg‘ona viloyati – 40 783 ta
- Andijon viloyati – 36 413 ta
- Qashqadaryo viloyati – 31 620 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
- savdoda – 159 316 ta
- sanoatda – 91 178 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 47 737 ta
- qurilishda – 43 886 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 33 197 ta
Matbuot xizmati