Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-fevral oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 21074 ta Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 6736,7mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2021-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 106,4 % ni tashkil etdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent viloyati 17,8 % (2180 ta oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan),Toshkent shahar 14,5% (2909 ta) hamda Samarqand viloyati 14,2 % (2212 ta) hissasiga toʻgʻri keldi.