2021-yil yanvar oyiga nisbatan yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi ko‘rib chiqilayotgan davrda 127,8 mlrd. so‘mga ko‘paydi. 2021- yil yanvar oyida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 87,0 % bilan ustunlik qildi.Taqqoslash uchun: 2021- yil yanvar oyida ushbu xizmat turlarining ulushi 85,3 % ni tashkil etgan.
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar tarkibi:
- Oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar – 87,0 %
- Yashash bo‘yicha xizmatlar – 13,0 %
Matbuot xizmati