15/03/2022

   2022- yilning 1- mart holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13 982 tani tashkil etib, ulardan 13 531 tasi faoliyat yuritmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 462 taga oshgan.

   Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni davlatlar kesimida qaralganda:

  • Rossiya – 2 348 ta
  • Xitoy – 1 958 ta
  • Turkiya – 1 940 ta
  • Qozog‘iston – 1 095 ta
  • Koreya – 891 ta

   Xorijiy kapital ishtirokida 2022- yil yanvar- fevral oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

  • Turkiya – 63 ta
  • Rossiya – 51 ta
  • Qozog‘iston – 29 ta
  • Xitoy – 25 ta
  • Koreya – 14 ta

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech