Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar oyida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,3 ming tonna anor eksport qilgan.
Anor eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 766 tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston eng koʻp anor eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 1,1 ming tonna
- Qozogʻiston – 743 tonna
- Tojikiston – 294 tonna
- Qirgʻiz R. – 99 tonna
- Koreya – 16,2 tonna
Yanvar oyida xorijga eng koʻp anor eksport qilgan hududlar:
- Qashqadaryo viloyati – 530 tonna
- Surxondaryo viloyati – 470 tonna
- Toshkent viloyati – 378 tonna
- Fargʻona viloyati – 259 tonna