10/03/2022

   2022- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 612 tani tashkil etgan.Joriy yilning yanvar- fevral oylarida ushbu sohada 316  ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 107,5 foizga oshganligini ko‘rishimiz mumkin.

   2022- yil yanvar- fevral oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:

  • Toshkent shahri – 67 ta
  • Samarqand viloyati – 37 ta
  • Farg‘ona viloyati – 29 ta
  • Andijon viloyati – 29 ta

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech