2022- yilning 1- yanvar holatiga (texnik ko‘rik natijalari bo‘yicha), O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jismoniy shaxslarga tegishli jami avtotransport vositalari soni 3 268,5 ming birlikni tashkil etib, bu esa, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 10,6 % ga ko‘p demakdir.
Jami avtotransport vositalaridan:
- - yengil avtomobillar – 3 051,7 ming birlik (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 110,3 %);
- - yuk avtomobillari – 195,8 ming birlik;
- - avtobuslar – 6,9 ming birlik;
- - mikroavtobuslar – 8,9 ming birlik;
- - maxsus transportlar – 5,2 ming birlik.