2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Buxoro viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida markazlashgan moliyalashtirish manbalaridan Respublika budjeti 960,7 mlrd.so‘mni yoki jami investitsiyalarning 5,1 % ini tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 18,9 % ga o‘sdi.Shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 102,7 mlrd so‘m, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 1785,7 mlrd. so‘m hamda Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi 195,4 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
Matbuot xizmati