Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston 26 ta xorijiy davlatlarga qiymati 72,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.Tayyor toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,2 mln AQSH dollariga oshgan.
Yanvar oyida Oʻzbekiston tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 39,4 mln. AQSH dollari
- Qirgʻiz R. – 24,1 mln. AQSH dollari
- Qozogʻiston – 3,1 mln. AQSH dollari
- Ukraina – 1,2 mln. AQSH dollari
- Germaniya – 828 ming AQSH dollari
- Tojikiston – 725 ming AQSH dollari
Yanvar oyida tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan hududlar:
- Andijon viloyati – 21,9 mln. AQSH dollari
- Namangan viloyati – 14,1 mln. AQSH dollari
- Toshkent viloyati – 11,7 mln. AQSH dollari
- Toshkent shahri – 8 mln. AQSH dollari
- Fargʻona viloyati – 4,6 mln. AQSH dollari
Matbuot xizmati