2021-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 23 557,2 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil qildi.
Respublikaning qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmida mazkur hududning ulushi 7,4 %ni tashkil etdi.
Viloyat boʻyicha jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 56,4 %i – dehqonchilik mahsulotlari hamda 43,6 %i – chorvachilik mahsulotlari hissasiga toʻgʻri keldi.