2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1338,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2020- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 215,3 % ga bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2020- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 10,4 % punktga ko‘payib, 21,9 % ni tashkil etdi.Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Shahrisabz shahar (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 43,8 %i yoki 2020- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 137,7 %), Qarshi shahar (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 38,4 % i yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 219,2 %)ga to‘g‘ri keldi.
Matbuot xizmati