2022- yilning 1- fevral holatiga respublikamizda jami 43 989 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 574 taga ko‘p. 2022- yil yanvar oyida 425 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:
Toshkent shahri – 8 886 ta
Toshkent viloyati – 3 877 ta
Farg‘ona viloyati – 3 555 ta
Qashqadaryo viloyati – 3 387 ta
Samarqand viloyati – 3 313 ta
Andijon viloyati – 3 209 ta
Buxoro viloyati – 2 858 ta
Surxondaryo viloyati – 2 757 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 2 410 ta
Namangan viloyati – 2 401 ta
Jizzax viloyati – 2 055 ta
Xorazm viloyati – 2 019 ta
Navoiy viloyati – 1 691 ta
Sirdaryo viloyati – 1 571 ta
Matbuot xizmati