Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2021-yilning yanvar – dekabr oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 317,8 trln. soʻmni yoki 2020-yilning mos davriga nisbatan 104,0 % ni tashkil qildi. Jumladan, jami qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 302,5 trln. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni tashkil etdi.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari umumiy hajmining 65,9 % i – dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklariga, 29,2 % i – fermer xoʻjaliklariga, 4,9 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.
Matbuot xizmati