01/02/2022

   2021- yil yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 5,5 % ni tashkil etdi.

Tashish va saqlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati tarkibida eng ko‘p ulush avtomobil transportiga to‘g‘ri keldi va 59,3 % ni tashkil etdi (2020- yilda – 57,0 %, 2019- yilda – 52,6 %).

   Mazkur tarmoq umumiy qo‘shilgan qiymatida quvur transportining ulushi 14,4 % (2020- yilda – 16,8 %, 2019- yilda – 18,3 %), temir yo‘l transportining ulushi 10,9 % (2020- yilda – 13,6 %, 2019- yilda – 11,9 %), yordamchi transport faoliyatining ulushi 10,7 % (2020- yilda – 9,4 %, 2019- yilda – 11,1 %), havo transportining ulushi 4,7 % (2020- yilda – 3,2 %, 2019- yilda – 6,1 %)ni tashkil etdi.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech