2021- yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 734,6 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yil bilan taqqoslaganda 7,4 % ga o‘sdi.
YAIM o‘sishi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi – qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 4,0 %, sanoatda 8,7 %, qurilishda 6,8 % va xizmatlar sohasida 9,2 % darajasida qayd etilgan ijobiy o‘sish sur’atlari hisobiga ta’minlandi.
Hududlar kesimida yalpi hududiy mahsulot (YAHM)ning yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent sh. (14,1%), Toshkent (10,7 %) va Sirdaryo (10,2 %) viloyatlarida qayd etildi.
Matbuot xizmati