2021- yilning yanvar-dekabr oylarida Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2,9 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2020- yilga nisbatan 132,7 % ni tashkil etdi.Respublika bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami investitsiyalardagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 2020- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,2 % punktga ko‘payib, 1,1 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati