2022- yilning 1- yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 465 889 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 462 834 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 94 641 ta
Toshkent viloyati – 44 156 ta
Samarqand viloyati – 40 724 ta
Farg‘ona viloyati – 40 403 ta
Andijon viloyati – 34 999 ta
Qashqadaryo viloyati – 31 152 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 156 539 ta
sanoatda – 90 313 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 45 897 ta
qurilishda – 43 410 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 32 948 ta
Matbuot xizmati