30/12/2021

 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston qiymati 21,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 20 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

 Yeryong‘oq eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 10,4 ming tonnaga oshgan.

 O‘zbekiston 2021- yilning 11 oyida eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:

         Qozog‘iston – 5 ming tonna

         Rossiya – 2,7 ming tonna

         Ozarbayjon – 2,6 ming tonna

         Xitoy – 2,2 ming tonna

         Qirg‘iz R. – 1,9 ming tonna

         Afg‘oniston – 1,3 ming tonna

         Turkmaniston – 1,1 ming tonna

         Ukraina – 912 tonna      

         Pokiston – 839 tonna

         Niderlandiya – 344 tonna

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 863,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 1,4 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.

 Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech