Ro‘yxatga oluvchi xodimlar:
ro‘yxatga olish varag‘iga binoan respondentlardan shaxsga doir ma’lumotlarni olish;
aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni
bajarganlik uchun mehnatiga haq olish huquqiga ega.
Ro‘yxatga oluvchi xodimlar:
shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishni boshlashdan oldin respondentga o‘z guvohnomasini
ko‘rsatishi;
o‘z vakolatlariga muvofiq ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarishi;
shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida Aholini ro‘yxatga olish dasturida
belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etishi, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l
qo‘ymasligi;
shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi, ularning mazmunini oshkor
qilmasligi shart.
Matbuot xizmati