O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-noyabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 20 506 ta oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 44 804,3 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Tarmoqning 2020- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 105,3 % ni tashkil etdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahar 16,2 % (2891 ta), Samarqand viloyati 12,4 % (2 114 ta), hamda Toshkent viloyati 12,1 % (2 144 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Matbuot xizmati