Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2021-yilning yanvar–noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 63,3 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 5,2 mlrd. kVt soatga oshgan.
Oʻsish surʼati 9,0 %.Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida:
Toshkent viloyati – 23 %
Sirdaryo viloyati – 22,7 %
Qashqadaryo viloyati – 19 %
Navoiy viloyati – 15,8 %
Matbuot xizmati