23/12/2021

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 689 ta elektromobil import qilingan.Elektromobil importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 592 taga yoki qariyb 7 baravarga oshgan.

2021-yilning 11 oyida Oʻzbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

Xitoy – 608 ta

Turkiya – 24 ta

AQSH – 20 ta

Litva – 13 ta

Germaniya – 11 ta

Koreya – 5 ta

Ispaniya – 2 ta

Rossiya – 2 ta

Ukraina – 2 ta

Gongkong – 1 ta

BAA – 1 ta

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech