2021- yilning yanvar - oktabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 22,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 80,6 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 23 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,2 ming tonnaga kamaygan.
O‘tgan 10 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 33,3 ming tonna
Rossiya – 20,2 ming tonna
Qirg‘iz R. – 13,8 ming tonna
Ukraina – 5,6 ming tonna
Latviya – 2,9 ming tonna
Belarus – 1,4 ming tonna
Tojikiston – 1,4 ming tonna
Germaniya – 1,2 ming tonna
Matbuot xizmati