07/12/2021

    O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-oktabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 547 ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 39,2 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. 2020- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 119,8 % ni tashkil etdi.

Xususan- yirik korxonalar ma'lumotlari bo‘yicha:

  • kalava ip ishlab chiqarish – 26,2 foizga oshgan;
  • to‘qimachilik gazlamalari – 20,9 foizga oshgan;
  • gilam va boshqa to‘qimachilik pol qoplamalari – 28,9 foizga oshgan;
  • narsa joylanadigan qoplar va paketlar ishlab chiqarish – 9,1 foizga oshgan.

Shuningdek, To‘qimachilik korxonalari tomonidan Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Farg‘ona viloyati 15,4 % (855 ta faoliyat yuritayotgan to‘qimachilik korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 10,0 % (463 ta), Andijon viloyati 9,4 % (602 ta) hamda Samarqand viloyati 9,2 % (390 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech