Shu yil 26- noyabrdan 3- dekabrga qadar yurtimizda ochiq ma’lumotlar haftaligi – “Open Data Week Uzbekistan – 2021” bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda tashkil etilgan mazkur haftalik doirasida turli tadbir va uchrashuv va tanlovlar o‘tkazildi.
Jumladan, “Korrupsiyaga qarshi ochiq ma'lumotlar” mavzusida xalqaro onlayn-seminar, xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekistonda Data journalism” – ma'lumotlarga asoslangan jurnalistikani targ‘ib etish loyihasi doirasida seminar, "Open Data Challenge – 2021" xakatoni tashkil etildi.
“Open Data Week Uzbekistan – 2021” haftaligidagi tadbirlar Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va YXHTning O’zbekistondagi loyihalari Koordinatori tomonidan o‘tkazildi.
Matbuot xizmati