2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uyma-uy yurib, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari davom etmoqda.
Mazkur jarayonni kuzatish va kelgusida bo‘lib o‘tishi kuzatilgan tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va malaka almashish maqsadida Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Yusupov va Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi xodimlari 12-13- noyabr kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahridagi instruktorlik uchastkalariga tashrif buyurishdi.
Bu sinov jarayonlari respublikamizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishning asosiy tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Matbuot xizmati