2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uyma-uy yurib, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.
Mazkur 4 ta hududning onlayn ro‘yxatdan o‘tmagan aholisini 11-25- noyabr kunlari ro‘yxatga oluvchilar uyma-uy yurib, qog‘oz va planshet orqali savolnomalarni to‘ldirib boradi.
Mazkur jarayonni kuzatish va kelgusida bo‘lib o‘tishi kuzatilgan tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va malaka almashish maqsadida Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Yusupov va Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi xodimlari Xorazm viloyatining Xiva shahriga tashrif buyurishdi.
Bu sinov jarayonlari respublikamizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishning asosiy tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Matbuot xizmati