2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 10 960 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 121,8 foizga oshgan.
2021- yil yanvar - sentabr oylarida axborot va aloqa sohasida 1 984 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 1 966 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha eng ko‘p ulushga ega bo‘lgan hududlar:
Toshkent shahri – 688 ta
Farg‘ona viloyati – 213 ta
Samarqand viloyati – 174 ta
Toshkent viloyati – 125 ta
Matbuot xizmati