Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 2,9 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,8 % punktga kamaydi.
Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2020- yilning yanvar-avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,6 % punktga ko‘payib, 63,2 % ni tashkil etdi.
Norasmiy sektorning ulushi esa 2020- yilning yanvar-avgust oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,8 % punktga ko‘payib, 33,9 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati