10/09/2021

Sinov hududlarida Davlat Statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari va boshqarma xodimlari, sinov hududlari statistika boshqarmalari va tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hokim o‘rinbosarlari va mahallani qo‘llab quvvatlash bo‘limlari bilan birgalikda ro‘yxatga olish uchastkalari holati tekshirilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

 

 

Bundan tashqari mazkur hududlardagi ro‘xyatga olish uchastkalariga ajratilgan xonalarning holati, talabga javob berishi va jixozlanishi ko’zdan kechirilmoqda.

 

 

Xodimlarni ishga qabul qilish masalasi bo’yicha ish rejalari tuzilib,  ishga talabgor  bo‘lgan fuqoralar bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda.

 

Aholini sinov tariqasida ro’yxatga olish ishlari davom etmoqda.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech