18/06/2021

Joriy yilning 17- iyun kuni O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i Yuldoshev Zoyir Toshkanovich hamda Ro'yxatga olishni tashkil etish va ma'lumotlarni qayta ishlash bo'limi boshlig’i Shukurov Nurali Sharipovich Buxoro viloyatiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Buxoro viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, tarmoq bo’limlari hamda hududiy statistika bo’lim boshliqlari faoliyati o’rganildi.

Davlat statistika qo’mitasi tomonidan berilayotgan topshiriqlar ijrosi, nazorati hamda hududiy statistika bo’limlarida faoliyat yuritayotgan rahbarlarning iqtisodiy, statistik tahliliy bilimi sinovdan o’tkazildi.

Davlat statistika qo’mitasi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan hududlarning me’yoriy huquqiy hujjalari, fayllari, planshetlar birma bir ko’zdan kechirildi. Hamda hudud rahbarlariga ishni yanada takomillashtirish sohaga inovatsiyalarni jalb qilishlari kerakligi tushuntirildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech