Buxoro viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoada do‘stona muhitni yanada mustahkamlash maqsadida sport musobaqalari davom etmoqda.
Musobaqalarda boshqarma xodimlari faol ishtirok etib, turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va mahoratlarini namoyon etmoqdalar.
Qizg‘in va murosasiz kechayotgan bahslarda xodimlar nafaqat sportdagi mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqda, balki jamoaviy hamjihatlik, o‘zaro hurmat va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga ham munosib hissa qo‘shmoqda.
Sport — salomatlik garovi, sog‘lom jamoa esa samarali mehnatning muhim omilidir!



