11/06/2026

Boshqarmada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Sport kuni” doirasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada boshqarma xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlarining mantiqiy fikrlash, strategik rejalashtirish va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Qizg‘in va murosasiz bahslar ostida kechgan musobaqa ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, jamoada hamjihatlik va do‘stona muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
 Bunday sport tadbirlarini muntazam ravishda tashkil etish xodimlarning jismoniy va ma’naviy salomatligini mustahkamlash, shuningdek, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech