11/06/2026

Joriy yilning 11-iyun sanasida Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Djumanazarov ishtirokida boshqarma yoshlari bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda boshqarma boshlig‘i yosh mutaxassislar hamda xodimlar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tingladi.

Muloqot davomida yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, mehnat faoliyatida duch kelayotgan masalalarni hal etish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar muhokama qilinib, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech