20/05/2026

Joriy yilning 20-may kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar uchun axborot xavsizligi masalalari yuzasidan o'quv seminar tashkil qilindi. Seminar davomida mutaxassislar tomonidan axborot resurslarini himoya qilish,
zararli dasturlar va fishing hujumlaridan saqlanish, maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash tartibi ishonchli parollar yaratish va ulardan to‘g‘ri foydalanish kabi muhim mavzular yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir ishtirokchilari axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish nafaqat tashkilot, balki har bir foydalanuvchi uchun muhim ekanini yana bir bor anglab yetdilar. Xavfsiz raqamli muhit – barqaror faoliyat kafolati.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech